Faxriylar e’zozda

Date:

Qilgan mehnatimiz ila yuzimiz issiq, el orasida obro‘-e’tibor topamiz. Halol rizq-u nasiba bilan butun umr xalqqa xizmat qilsak, yoshlar bizga munosib izdosh bo‘lib yetishishiga shubha yo‘q. Qolaversa, inson o‘zi egallagan kasbining fidoiysi bo‘lishi, kasbi ortidan keksaligida ham qadr topishi ham faxr, ham eng yaxshi o‘rnakdir.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida uzoq yillar halol va sadoqat bilan xizmat qilgan bir guruh faxriylar hamda o‘rta va yosh avlod vakillari ishtirokidagi uchrashuvda ana shu jihatlar yana bir bor o‘z isbotini topdi. Uchrashuv mobaynida adliya faxriylarining tizimda faoliyat yuritganidan qanchalar iftixor tuyishlari, kasbning fidoiysi bo‘lish ortidan minglab shogirdlar e’zozida ekanliklari hayajon bilan qayta-qayta tilga olindi. Keyingi avlod vakillariga ko‘p yillik tajriba samarasi bo‘lgan qimmatli o‘gitlar aytildi.
Bir so‘z bilan aytganda, “Uch avlod uchrashuvi” faxriylar uchun yaxshi xotiralar va tajriba bilan bo‘lishuv bo‘lgan bo‘lsa, yosh avlod vakillari uchun mahorat darsi bo‘ldi deyish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun