Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida konteyner tashuvlari yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Davlatlararo bo‘ladigan har qanday aloqalar, albatta, havo, suv va transport vositalari orqali amalga oshiriladi. Tashuvlar uchun eng arzon va qulay vosita suv yo‘li orqali amalga oshirilsa, afsuski, yurtimiz bunday qulaylik va imkoniyatlarga ega emas. Shunday ekan, o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan foydalanib, tomonlar uchun manfaatli kechadigan kelishuvlarga erishilmoqda. «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ Hindistonning Mundra, Nhava Sheva va Chennai portlaridan O‘zbekistonga yangi multimodal yo‘nalishda konteyner tashuvlarini muvaffaqiyatli tashkil etdi. Sinov tariqasida amalga oshirilgan ushbu tashuvlar Hindistondan Eronning Bandar Abbas portiga dengiz orqali hamda Bandar Abbas portidan Sergeli stansiyasiga qadar temir yo‘l transportida olib kelindiKonteynerlar Bandar Abbas portidan Saraxs stantsiyasiga qadar Eron platformalarida u yerdan esa «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ qarashli platformalarga qayta yuklangan holda Turkmaniston orqali O‘zbekistonga yetkaziladi. 20 ta 20 futlik konteynerlardan tashkil topgan yuk poezdi umumiy temir yo‘l uzunligi 2673 km bo‘lgan masofani 20 kunda bosib o‘tdi. Kelgusida tashish muddatini 15 kunga qisqartirish rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...

Yangi energetika loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Daqing Deep Aureus...

Ayrim avtomobillarga gaz quyish taqiqlanadi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab gaz ballonlari bo‘yicha hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan,...

Yoshlar va rahbarlar ochiq muloqotda uchrashdi

Yoshlarning muammo va takliflarini eshitish, ularning kasbiy hamda ijtimoiy...
KunTun
KunTun