Yurtimizga xorijiy mutaxassislar jalb etiladi

Date:

Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Sababi aholi salomatligi, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish uchun imkoniyat darajasida shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu ma’noda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga uchun xorijiy mutaxassislar jalb etilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Vazirlikning «Tibbiyot mutaxassislarini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan xorijda o‘qitish, malaka oshirish (stajirovka o‘tash) va qayta tayyorlash, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb qilishni tashkil etish choralari to‘g‘risida»gi buyrug‘iga ko‘ra, davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish va tajriba almashishini tashkil etish, jahondagi sohaga oid ilg‘or amaliyotlarni mamlakatimizda yo‘lga qo‘yish uchun xorijiy mutaxassislarni mamlakatimizga jalb etish va bu jarayondagi xarajatlarni davlat tomonidan moliyalashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha nomzodlarni saralash tanlovini tashkil etish, vazirlik huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish uchun nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish hamda saralash tartibi belgilandi.
Sohada xorijiy mutaxassisga ehtiyoj mavjud bo‘lganda vazirlikning veb-saytida tibbiyot xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish va tajriba almashishni respublikada tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha davlat tibbiyot tashkilotlari va tibbiyotning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yxati e’lon qilinadi.
Davlat tibbiyot tashkiloti rahbarlari o‘z muassasasi xodimlari uchun zarur bilimlarni bera oladigan, deb hisoblagan xorijiy mutaxassislarning ma’lumotlarini elektron shaklda vazirlik tomonidan belgilangan elektron pochta manziliga yuboradilar. Nomzodlarni saralash belgilangan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro kuzatuvchilar gazeta tahririyatida

Sanoqli kunlardan so‘ng, yurtimizda muhim siyosiy jarayonlar boshlanadi. Tayyorgarlik,...

Faqat Ko‘hitangda bor…

Ko‘hitang tog‘ tizmasi hududi O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasining...

Sho‘rchida xrizantema yetishtirilmoqda

Bayram yoki tug‘ilgan kunimizda gul sovg‘a qilishsa, bahri dilimiz...

“Qo‘qon–Termiz–Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha…

Qaysidir viloyat yoki davlatga borishimizga to‘g‘ri kelsa, manzilga eng...
KunTun
KunTun