Qator nominatsiyalar bo‘yicha…

Date:

Qaysi soha yoki tizimga boqmaylik, albatta, ishchi-xodimlarni boshqaradigan rahbar, yo‘lboshchining xizmati, faolligi va tashabbuskorligi muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Rahbarning o‘ziga ishonchi baland bo‘lishi, harakatida qat’iyat va mushohadakorlik sezilishi kerak. Ana shundagina qo‘l ostidagilar unga ergashadi, ishonadi. Xuddi shunday rahbarlarni yuzaga chiqaradigan tadbir-u tanlovlar e’lon qilinib kelinmoqdaki, bu rahbar xodimlarning o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun katta maydon vazifasini o‘tamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi QQ-214-IV-sonli qaroriga asosan “Ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovi ham ana shunday tanlovlar sirasiga kiradi. Sariosiyo tumanida tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Shuningdek, g‘oliblar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruvi organi” nominatsiyasi bo‘yicha — Sariosiyo tuman 18-sonli umumta’lim maktabi direktori Saydali Avazov, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti” sifatida “Nogironlar” jamiyati raisi Muhabbat Normo‘minova e’tirof etilgan bo‘lsa, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasi bo‘yicha Hurniso Rajabova, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” esa Afrosiyob mahallasi fuqarosi Shohida Shoymardonova deb topildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun