“Notariuslardan huquqiy maslahatlar”

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2O21-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorini samarali amalga oshirish maqsadida “Yuksalish” harakati O‘zbekiston Notarial palatasi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorlikdagi Memorandumiga asosan joriy yilning 20-21-avgust kunlari respublikamiz hududlarida bepul “Notariuslardan huquqiy maslahatlar” mavzusida xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Termiz shahridagi Davlat xizmatlari markazi binosida o‘tkazilgan aksiyada 6 nafar notarius xodimlari ishtirokida fuqarolarning huquqiy bilimlari oshirildi va kerakli savollarga javoblar olindi. Aksiya maqsadi – fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish va targ‘ib qilishdan iborat.
Aksiya oldidan tashkilotchilarning rasmiy sahifalari, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon postlari joylashtirildi, hududlarga tadbirlar jadvali tarqatildi. Aksiya doirasida mutaxassislar tomonidan fuqarolarga turli huquqiy muammoli masalalarda, yoshlar o‘rtasida ajrimlarning oldini olishdagi muammolar yuzasidan, shuningdek, ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq (hadya, oldi-sotdi shartnomalari, ayriboshlash shartnomalari), hujjatlar tarjimasini bir tildan boshqa tilga o‘girish, yaqin qarindoshlar o‘rtasida avtomototransport vositalarini rasmiylashtrish, uy joy bo‘yicha ishonchnoma maslahati, sudga ishonchnoma berish, garov shartnomasini rasmiylashtirish, kafillik xati berish va meros masalalari yuzasidan jami 50 nafarga yaqin fuqaroga yuridik yordam ko‘rsatildi.
Aksiya ertaga Jarqo‘rg‘on tumani davlat xizmatlari markazida davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro kuzatuvchilar gazeta tahririyatida

Sanoqli kunlardan so‘ng, yurtimizda muhim siyosiy jarayonlar boshlanadi. Tayyorgarlik,...

Faqat Ko‘hitangda bor…

Ko‘hitang tog‘ tizmasi hududi O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasining...

Sho‘rchida xrizantema yetishtirilmoqda

Bayram yoki tug‘ilgan kunimizda gul sovg‘a qilishsa, bahri dilimiz...

“Qo‘qon–Termiz–Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha…

Qaysidir viloyat yoki davlatga borishimizga to‘g‘ri kelsa, manzilga eng...
KunTun
KunTun