Bandixonda yangi klinika ishga tushirildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimining hududlarga tashrifi davomida ko‘plab binolar foydalanishga topshirilib, aholi uchun katta qulayliklar yaratilayotir. Ayni tashrif davomida Bandixon tumanida bo‘lgan viloyat rahbari tumanning “Bandixon” mahallasida “Obod turmush shifo” MChJ tomonidan tashkil etilgan “Malham med” xususiy klinikasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim omil hisoblangan klinika zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari tumanning “Saroy” mahallasiga tashrif buyurdi. Dastlab, “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 56 nafar ishsiz, “daftar”larga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida turli asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.
Viloyat rahbari mahalla bo‘ylab, aholi xonadonlarida “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi orqali ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga tashkil etilgan loyihalar bilan tanishdi. Jumladan, “Saroy asl asali” MChJning asalarichilik faoliyati bilan tanishildi. MChJga ushbu loyihani yo‘lga qo‘yish va ish o‘rinlari yaratish uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib berilgan.
Keyingi xonadonda Umbar Abduraximov tomonidan yo‘lga qo‘yilgan sut mahsulotlarini qayta ishlash faoliyati bilan tanishdi. Fuqaro uyida boqayotgan chorva mollaridan tashqari, mahalladagi boshqa xonadonlardan ham sut mahsulotlarini sotib olib, uni qayta ishlaydi. Viloyat rahbari mavjud imkoniyatdan foydalanib, daromadli bo‘layotgan oilaning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tuman mutasaddilariga topshiriqlar berdi.
Tashrif yakunida viloyat rahbari Raxima Ostonayeva xonadonida bo‘lib, kasanachilik asosida tashkil etilgan milliy gilam to‘qish va ko‘rpa-to‘shaklar tikish faoliyati bilan tanishdi. Mahalla xotin-qizlarini ish bilan ta’minlab, aholi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarayotgan oilaviy tadbirkorlik faoliyatini e’tirof etgan viloyat rahbari qishloqlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlashda bu kabi loyihalar muhim ekanligini ta’kidladi.
Tuman rahbarlariga ushbu tajriba asosida chekka mahallalarda kasanachilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlovchi loyihalarni ko‘paytirish vazifasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun