Metan narxini bozor belgilaydi

Date:

Ertadan metan narxi oshiriladi degan xabarni eshitgan borki, xarajatlari yanada oshishini o‘ylab xafa bo‘lishi aniq. Ana shunday mish-mishlarga javoban aytishimiz mumkinki, prezidentimiz topshirig‘iga binoan Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda metan narxining yuqori chegarasi bekor qilinganligi, davlat narx belgilanishiga aralashmasligi hamda narxni bozor belgilashi ma’lum qilindi. Shuningdek, davlat rahbari hukumatga bu borada bozor mexanizmlarini joriy etish bilan birga, gaz narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berdi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash, narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish hamda bu borada tarmoq tadbirkorlariga tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida Denov, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi hamda Termiz shahar hokimligida Angor, Sherobod, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Bandixon, Boysun, Termiz tumanlari hamda Termiz shahridagi metan “zapravka”lari rahbarlari bilan sektorlar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari mutasaddilari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Unda metan narxlarining bozor tamoyillari asosida shakllanishini va sog‘lom raqobat muhitini taminlash lozimligi, narxlarning asossiz oshirilishi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi. Bu borada tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berilib, mutasaddilar va sektor rahbarlariga metan narxlarining bozor mexanizmlari asosida shakllanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish vazifasi topshirildi.
Viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumanida “Yulduz” AJga qarashli metan “zapravka”da, narx-navo bilan qiziqdi hamda sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashib, umumiy holatni o‘rgandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun