Talabalar uchun

Date:

Oliygohlarda o‘quv yili boshlanishi bilan talabalarning turar joy masalasi o‘rtaga chiqadi-da, talabalar turar joyi qamrovi yetmaganidan ko‘pchilik yoshlar o‘zlari uchun kvartira izlashga tushadi. Talabalar turar joyi har jihatdan talabaga katta qulaylik yaratadi. Shu sababdan Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangidan 800 o‘rinli talabalar turar joyi qurildi.
Ayni paytda u yerda qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mavjud binolar qayta rekonstruksiya qilinib, talabalar uchun yanada yaxshiroq sharoitlar yaratilmoqda. Yashil energiyadan oqilona foydalanish maqsadida zamonaviy quyosh panellaridan talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun qulay avtoturargohlar qurilmoqda. Bu o‘zgarishlar universitet infratuzilmasini yanada yaxshilash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun sifatli ta’lim va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun