“Milliy qadriyatlar” qadr topmoqda

Date:

Oddiy yog‘ochdan san’at asariga teng buyum yasash mumkin. Ayniqsa, uni o‘yib naqsh solsangiz, milliy naqshlar ko‘zlaringizni quvnatadi. Oddiy qog‘ozdan, munchoqlar-u keraksiz narsalardan ham bugungi iste’dodli yoshlar milliy qadriyatlarimizni unutmagan holda hunarmandchilik namunalarini yaratishayotgani quvonarli hol.
Bu bilan yoshlarning vaqtlari mazmunli o‘tishi bilan birga milliy hunarmandchiligimiz, milliy qadriyatlarimizning umri boqish bo‘lishi uchun o‘z hissalarini qo‘shayotgani bilan ahamiyatli. Qiziriq tumanida “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi bo‘yicha “Milliy qadriyatlar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “Yog‘och o‘ymakorligi” va “Kulolchilik” to‘garagi a’zolari ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra “Yog‘och o‘ymakorligi” yo‘nalishida oltinsoylik Og‘abek Xolmurodov 3-, jarqo‘rg‘onlik Asomiddin Ro‘ziyev 2-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, Muzrabot tumani vakili Adham Vohidov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Kulolchilik” yo‘nalishida Qiziriq tumani vakili Xurshida Boboyevaga birinchi o‘rin nasib etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun