“Ijtimoiy karta” tizimi joriy etiladi

Date:

“Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga koʻra, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi. “Ijtimoiy karta” axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini bosqichma-bosqich toʻliq avtomatlashtiriladi.
Ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan, yordam va toʻlovlardan, shuningdek, davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralaridan foydalanish uchun hujjatlarni yigʻish zarurati bekor qilinadi. Davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini manzilli, qisqa muddatlarda, masofadan turib hamda proaktiv tarzda olish imkoniyati beriladi. Ijtimoiy sugʻurtalashni joriy qilish doirasida raqamli servislarni rivojlantirish orqali davlat va tadbirkorlar oʻrtasida hamkorlik qilish soddalashtiriladi.
Respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahalla darajasida davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashini amalga oshiruvchi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligi oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun