Baliq ko‘plab foydali moddalarga boy. Tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalari ham mavjud. Shuningdek, baliq go‘shtini doimiy iste’mol qilish yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi. Ko‘rish qobiliyati uchun ham foydali. Uyquni yaxshilab, revmatoidli artritni yengillashtiradi. Qon bosimini pasaytirishda, moddalar almashinuvini tezlashtirishda ham baliq iste’mol qilgan ma’qul. Tarkidida D vitaminiga boy bo‘lgan ushubu mahsulotni ratsionga kiritish vitamin yetishmasligining oldini olishning eng yaxshi yechimidir.
Ko‘plab foydali xususiyatlari bilan birga baliq go‘shti xushxo‘r va mazali ekani bilan ham doimo sevib iste’mol qiladigan mahsulotlarimiz sirasiga kiradi. Ayniqsa, baliq oviga chiqib, uni ovlashning gashti bo‘lakcha. Ammo baliq ovlanadigan va ovlash ta’qiqlangan mavsumlar ham bor. Ayniqsa, baliqlar ko‘payadigan, urug‘lanish jarayonida ularni ovlash mumkin emas. Qolaversa, ovlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega fuqarolargina ana shunday jihatlarni yaxshi bilan. Afsuski, ruxsatnomasiz ovga chiqadiganlar ham bor.
Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi nazorat inspeksiyasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlaridan tuzilgan tezkor guruh tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd tadbirlari davomida Termiz tumani “Guliston” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Surxon” daryosidan ikki nafar fuqaro Y. R va M.I lar noqonuniy baliq ovlash holati aniqlandi.
Gap shundaki, fuqarolar baliq ovlashda 6 boshdan “Tovonbaliq” (Karas) baliqni xo‘rak sifatida foydalanishi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasi talabini buzgan. Bu harakat bilan hayvonot dunyosiga ham zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan har bir fuqaroga M.I va Y.Rlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi bilan BHMning 10 barobari – 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. Ikki nafar fuqaro ushbu harakati bilan tabiatga 4 million 80 ming so‘mdan 8 million 160 ming so‘m zarar yetkazgan.
Javobgarlikka tortildi…
Date: