Sportimiz malikalari Tojikistonda

Date:

Sportning barcha turi o‘ziga xos va yoshlar katta qiziqish bilan shug‘ullanib kelayotgani bilan ahamiyatli. Sport tanimizni chiniqtirib, jismoniy quvvatni oshirsa, aqlan charxlaydigan, san’at darajasiga tenglashtiriladiganlari ham bor. Ana shunday sport turlaridan biri badiiy gimnastikadir. Qomatni raso, harakatlarni nasif qilishga yordam beradigan bu sport turida shug‘ullanguvchi gimnastikchilar sahnaga chiqishdimi, oqqush misol harakat qilishadi. Tomoshabinni o‘zlariga mahliyo qilib, estetik zavq, bir olam maroq ulashishadi.
Albatta, bunday harakatlarni har kim ham bajara olmaydi. Jismoniy imkoniyati ketmaydi. Ko‘z qo‘yaman deb qosh chiqarishi ham aniq. Shu sababdan ham gimnastikaga 3-4 yoshdan qatnab boshlanadi. Ana shunday murakkab va go‘zal sport turi bo‘lmish badiiy gimnastikaga qatnab o‘z mahoratlarini oshirgan jajji sport malikalari Tojikiston Respublikasi Sog‘d viloyatida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq chempionatda ishtirok etdilar.
Har bir chiqish go‘zal va takrorlanmas, harakatlar nafis edi. G‘oliblarni aniqlash qiyin kechgan ochiq chempionatda Sariosiyo tumani Sport maktabi sportchi yoshlari Faraxnoz Safarboyeva 2-o‘rinni, Dilnura Imomova va Zarifa Komiljonovalar 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun