“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!”

Date:

“Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” deganlaridek, mahallamizda voyaga yetmagan yoshlarning tarbiyasi uchun nafaqat ota-onalar, balki qo‘ni-qo‘shnilar ham yoshlarni to‘g‘ri yo‘naltirib, ularni kelajakda jamiyatga foydasi tegadigan bir kasbni egallab, komil inson bo‘lib ulg‘ayishida qo‘ni-qo‘shni mahalla raislari, oqsoqollarining ham o‘rni katta, albatta.
Aytish joizki, davlatimiz rahbarining tegishli Qaror va Farmonlari bilan yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotda o‘z yo‘llarini topishda ko‘maklashish uchun vazirlik, idora va mahalliy davlat boshqaruvi organlari tomonidan yoshlarni otaliqqa olish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Ichki ishlar vazirligi tomonidan bir million nafar yosh otaliqqa olingan. Shu boiski, vazirlik tomonidan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida viloyat miqyosida Termiz tumani, “Namuna” mahallasi “Yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan holi mahalla” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Shuningdek, tuman Ichki ishlar bo‘limida nominatsiya g‘olibi bo‘lgan mahalla “yettiligi”ni taqdirlash tadbiri tashkil etilib, unda viloyat va tuman IIB mutasaddilari, “yettilik”ning tuman bo‘limi boshliqlari hamda mahallalar vakillari ishtirok etishdi. G‘oliblar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan faxriy yorliqlar tantanali topshirildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi 16...

Inklyuziv sport — teng imkoniyatlar

Sport ta’lim muassasalarida adaptiv va inklyuziv sportni rivojlantirishga bag‘ishlangan...

Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazi: kecha va bugun

Kitob insoniyat taraqqiyotining eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Kutubxonalar...

TIKLANISH VA NATIJA

Bugungi kunda sportchilarning yuqori natijalarga erishishida mashgʻulotlar, toʻgʻri ovqatlanish...
KunTun
KunTun