Bitta oltin, ikkita kumush bilan…

Date:

Eron Islom Respublikasining poytaxti Tehron shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIII Osiyo chempionati bo‘lib o‘tganidan xabar bergan edik. Kutilmagan burilishlarga, mardi maydon bo‘lgan lahzalarga boy bo‘lgan chempionat ham o‘z nihoyasiga yetib, kuchlilar, yuragida o‘ti, bilagida kuchi borlar muvaffaqiyat qozondi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan o‘zbek sportchilari, vohadoshlarimizning ham borligidadir. Qitʼamizning 20 ga yaqin mamlakatlarining milliy federatsiyalaridan 200 nafarga yaqin vakillar ishtirok etgan chempionatda uch nafar sportchilarimiz Oʻzbekiston sharafini himoya qilib, gilamda kuch sinashdi.
Erkaklar terma jamoasi tarkibida 100 kilogramm vazn toifasida kurashgan Shermuhammad Jandriyev oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda 63 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Komila Qahhorova, 87 kilogramm vazn toifasida Yulduz Muhammadiyevalar kumush medaliga loyiq topildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun