“My.gov.uz” hayotiy vaziyatlar uchun!

Date:

Davlat xizmatlari markazlari taklif etayotgan xizmatlar bugun aholiga katta qulaylik yaratganini yaxshi bilamiz. Markazning elektron xizmat ko‘rsatishi esa fuqarolarning muammo va masalalarini ko‘chaga ham chiqmasdan hal etilishiga xizmat qiladi. Ana shunday qulayliklarni keng ommaga yetkazish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida keksa va o‘rta yoshdagi aholiga Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlash, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan va boshqa texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish vazifasi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori bilan tasdiqlangan “2023-2024-yillarda hududlarni raqamli transformatsiya qilish ustuvor loyihalar ro‘yxati”da davlat xodimlari, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini axborot texnologiyalari va davlat xizmatlari tizimlaridan foydalanishga o‘qitish choralarini ko‘rish nazarda tutilgan.
Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan samarali foydalanish yuzasidan bugun Boysun tumani hokimligida tumandagi tashkilot va korxonalarning rahbarlari hamda ijro intizomiga mas’ul xodimlari uchun “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun