Talabalar ijrosida…

Date:

Bugun san’atga oshno bo‘lish, spektakl tomosha qilish uchun teatrga borish shart bo‘lmay qoldi. Har bir o‘quv muassasasi deymizmi, oliy ta’lim dargohimi, ularning har birida iqtidorli, mahoratli yoshlarni jam etgan teatr studiyalari ham tashkil etilganki, ijodiy izlanish va sa’y-harakatlarining natijasi o‘laroq, turli sahna tomoshalari, asarlardan parchalar sahnalashtirib, keng jamoatchilikka namoyish etib kelishmoqda.
Bunday namoyishlar, taqdimotlar, albatta, talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga muhabbat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy kamolotga yoʻnaltirish hamda iqtidorli yoshlarga oʻz iste’dodlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilayotir. Ayni maqsadda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalar teatr studiyasi” tomonidan sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etildi.
Talabalar tomonidan Anvar Omonturdiyevning “Unutilmas jasorat” dramasi mahorat bilan ijro etildi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun