Xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat boshladi

Date:

“Ishlayman” desangiz-u masofa uzoqlik qilsa ham qulay taklifni rad etishga to‘g‘ri keladi. Ana shunday paytda mahallangizning o‘zida izlovingizga munosib javob topilsa, nur ustiga. Sho‘rchi tumanida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, mahalla aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirildi.
Sartaroshxona va tikuvchilik sexining faoliyat boshlashi mahalla ahlining qiziqishini oshirdi. Shu kunning o‘ziyoq 4 nafar mahalla fuqarosining bandligi ta’minlandi. Xizmat ko‘rsatish shoxobchasining faoliyat boshlagani kushonliklar uchun ham yaxshi bo‘ldi.
Yaxshi-da, tikuv sexida kimningdir bandligi ta’minlangan bo‘lsa, mahalla ahli uchun kerakli kiyim-kechaklar tikib, talabiga munosib xizmat ko‘rsatiladi. Sartaroshxonada esa har kuni erta tongdan odam gavjum bo‘lmoqda. Mahoratli sartaroshlarning ish boshlagani mijozlar sonining oshib ketishiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qabulda 144 ta muammo tinglandi

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov videokonferentsaloqa orqali şahar va...

Mardlar maydoni: Termizda kuraş böyiça xalqaro turnir ötkaziladi

Joriy yil 21-noyabr kuni Termiz şahrida buyuk alloma Hakim...

Tomorqa — oilaviy daromad manbayi

Angor tumanining Zartepa mahallasida yashovchi Murod To‘rayevlar oilasi tomorqadan...

U-Reportning yangi mavsumiga start berildi

Surxondaryo viloyatida U-Report loyihasining 3-mavsumi ochilib, volontyorlar uchun ilk...
KunTun
KunTun