Dalasi-yu mollariga baraka tilab…

Date:

Bahor faslining kelishi kishi qalbida ko’tarinki kayfiyat ulashadi. Shu boiski, bahor boshlanishi bilanoq tabiat go‘zallashadi, daraxtlarning yam-yashil barg yozib, tabiatimiz chiroyiga yanada chiroy qo’shadi. Tabiatning uyg‘onishi bilan bir vaqtda yer yuzidagi barcha tirik mavjidodlar ham uyg‘onadi. Boysun tumanining qay go‘shasiga qadam ranjida etmang, bahor shukuhi bayram kayfiyatiga duch kelasiz.
Jumladan, “Boshrabot” mahallasida bo‘lib o‘tgan tadbirda nuroniylar, oqsoqollar, hoji ota, hoji onalar, mahalla faollari, yoshlar hamda mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan doshqozonlarda halim, osh damlanib, bayram dasturxoni tuzatildi.


Nuroniy keksa otaxonlar dehqonlarimiz dalasiga, chorvadorlarimiz mollariga baraka tilashib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz faravonligi, bozorlarimiz to‘kin-sochinligi uchun duoga qo‘l ochdilar. Shuningdek, tadbir davomida milliy kurash musobaqasi tashkil etilib, viloyatimizning turli go‘shalaridan kelgan polvonlar maydonda kuch sinashdilar. San’atkorlarlarning kuy-qo‘shiqlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun