Folklor-etnografik xalq havaskorlik ansamblimiz Farg‘onada

Date:

Vodiyliklar surxoncha yo‘nalishdagi milliy kuy-qo‘shiqlarimizni sevib tinglab tomosha qiladi. Ayniqsa, sho‘x va o‘ynoqi kuy-qo‘shiqlar, aytishuvlar barchani raqsga chorlashi, kayfiyatlarini ko‘tarishi haqiqat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli (https://lex.uz/uz/docs/-6713092) qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona shahrida Surxondaryo viloyati madaniyat kunlari tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda Sariosiyo tumani Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi “Dashnobod anori” folklor-etnografik xalq havaskorlik ansambli jamoasi o‘zlarining konsert dasturlarini namoyish etdilar.
Har bir chiqish, har bir yo‘x va diltortar yallalar mezbonlar qalbiga manzur bo‘ldi. Ajoyib konsert dasturi shahar markazidagi yoshlar saylgohida ham davom etdi. Madaniy hordiq olish uchun tashrif buyurgan farg‘onalik borki, surxondaryolik madaniyat xodimlarining chiqishlari yanada ko‘tarinkilik, xushkayfiyat bilan tinglab tomosha qildilar.
“Dashnobod anori” folklor-etnografik xalq havaskorlik ansambli jamoasining Farg‘ona viloyati bo‘ylab tashrif doirasidagi konsert dasturlari davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun