500 million so‘mlik grant sohibasi bo‘ldi

Date:

Ilm zahmatli, shu bilan birga sharafli yo‘ldir. Bu yo‘ldan yurganlargina bu sharafni his eta oladi. Yurtimizda ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlar talaygina. Ularning xizmatlari sabab hayotimizning barcha sohalarida o‘zgarishlar, yangilanishlar, tub burilishlar bo‘layotir. Olimalik yo‘lini tutgan ayollarimiz ham Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etib, o‘z loyihalarini sinovdan o‘tkazib kelishadi.
Ana shunday loyihalar ko‘rib chiqilib, natijalari boʻyicha taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, moliyalashtirishga tavsiya qilingan 68 nafar olima ayollar qatorida Termiz davlat universiteti noorganik kimyo mutaxassisligi doktoranti Aziza Xolboyeva ham taqdirlandi. Yosh olima bu bilan 500 million so‘mlik grant sohibasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun