Farzandim taqdiriga befarq emasman

Date:

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim maktabida “Men farzandimning taqdiriga befarq emasman” mavzusida navbatdan tashqari otalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Maktab direktori A.Ro‘zikulov, 3-sektor rahbari podpolkovnik O‘.Mustafoqulov hamda ota-onalar ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun mavzusida voyaga yetmaganlarning chet elga ruxsatsiz chiqib ketishining oldini olish hamda chet elga chiqib ketayotgan ota-onalarning farzandining qarovsiz qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish masalalari o‘rin oldi. Maktab o‘quvchilarining turli xil yot g‘oyalar ta’siriga berilib ketishining oldini olish holatlariga e’tibor qaratildi.


Mobil telefonlar o‘quvchi-yoshlar salomatligi va ta’limiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda undan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir so‘nggida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ota-onalarning fikrlari va takliflari eshitilib, muhokama qilindi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun