Qiziriq tumanida ham…

Date:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon ahvolini o‘rganib bormoqda. Oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlab, oilalarning ijtimoiy pasportlarini shakllantirayotir.
Albatta, o‘rganish ishlari shunchaki qog‘ozda qolib ketayotgani yo‘q. Kerakli yordam va qo‘llov choralari ham ko‘rilayotgani aholining yordamga muhtoj qatlamini bugungi kundan, jamiyatdan mamnun, rozilik kayfiyatini ham uyg‘otayotir. Viloyatimizning har bir tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, amaliy harakatlarning boshlangani fikrimiz isbotidir.
Shu jumladan Qiziriq tumanida ham “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan viloyat Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasi boshlig‘i M.Tog‘ayev, tuman hokimi Sherzod Rajabov davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etdi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi inson manfaatlari ustuvorligiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin namunasi ekani ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun