50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Date:

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani yoshlarning kelajak taqdirida tub burilish yasayotir. Denov tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida fan to‘garaklari bilan birga tikuvchilik, duradgorlik mashg‘ulotlari ham tashkil etilgan. Yoshlar bu orqali kasb-hunar sirlarini-da o‘rganishmoqda.
Qizlarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishlari uchun maktabga 12 dona zamonaviy tikuv mashinasi berildi. Hozirgi kunda “Ustoz shogird” an’anasi asosida to‘garak o‘qituvchilari tomonidan tikuvchilik hunari o‘rgatilmoqda. Yaratilgan bu kabi qulay sharoitdan o‘qituvchi va o‘quvchilar mamnun. O‘quvchilar maktabda hunar egallab, uy sharoitida ham daromadga ega bo‘lishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamonchilar sinovdan oʻtdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Erta nikoh – ikki holatda mumkinmi?

Erta nikohning oldini olish va voyaga yetmaganlarning huquq hamda...

Taʼlim hamkorligi kengayadi

Surxondaryo ta’lim tizimining xalqaro aloqalarini rivojlantirish, zamonaviy tajribalarni o‘rganish...

Eski bozor hududi yangilanmoqda

Muzrabot tumanida aholi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish...
KunTun
KunTun