Bayram bahonasida…

Date:

Surxondaryo viloyatining Navro‘z bayrami keng nishonlanmoqda. Unda turli davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari hamda qadimdan meros bo‘lib davom etib kelayotgan kurash, ko‘pkari, hunarmandchilik, kashtachilik va milliy taomlar kabi ko‘rgazmalarni zo‘r ishtiyoq bilan tomosha qilishmoqda. Shuningdek, Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etish uchun kelgan Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi Sariosiyo tumanidagi “Imzo” franshiza fabrikasi faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu fabrikada 30 dan ortiq turdagi Imzo mahsulotlari, jumladan, eshik va rom konstruktsiyalarining eng ommabop modellari, fasad tizimlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yaqin kelajakda fabrika tomonidan qo‘shni Afg‘oniston va Tojikistonga ham mahsulotlar yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun