“Davlat ramzlari – faxrim-g‘ururim”

Date:

Har bir yosh o‘z vatani bilan faxrlangani kabi uning ramzlari bilan ham faxrlanadi. Ayni shuning uchun ham dunyo arenalarida bayrog‘imiz ko‘tarilganida, davlat madhiyamiz yangraganida yuragimiz allanechuk bo‘lib, ham hayajonni, ham g‘urur hissini tuyamiz.
Termiz shahridagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Davlat ramzlari – faxrim-g‘ururim”, Davlatimiz gerbi – faxrimiz-g‘ururimiz, “Bayrog‘im faxrim” mavzularida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda surat chizishga ishtiyoqi baland yoshlar ishtirok etdi va oq qog‘oz bilan yuzlashib, qalam va bo‘yoqlar bilan ajib san’at asarlariga teng suratlarni yaratdilar. Har bir yoshning yondashuvi, mahorati haqida so‘zlagan suratlar yuqori baholandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun