Jarqo‘rg‘onda Navro‘z shukuhi

Date:

Bugun erta tongdan Jarqo‘rg‘on tumani “Surxon sohili” mahallasidagi Markaziy istirohat bog‘ida bayram shukuhi hukmron. Navro‘z sayli uyushtirilgan maydonga shoshgan jarqo‘rg‘onliklar o‘zgacha tayyorgarlikning guvohi bo‘ldilar. Saylga kirishingiz bilan sizni milliy libosdagi, sochlari qirq o‘rim qilib o‘rilgan qizlar yuzda tabassum, qo‘llari ko‘ksida, tavoze’lik bilan qarshi olib, ichkariga taklif etadi.


Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar esa e’tiboringizni tortadi. Har bir pavilyonda milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etilganki, tomoshaga berilganning ishtahasi ochilishi aniq. Shu zahoti mezbon bo‘lgichlar sizga ham ko‘nglingiz ketgan taomlardan ilinadi. Dosh qozonlarda qaynayotgan sumalaklarni ko‘rib, siz ham sumalak kovlashga tutinasiz.


Bir yoqda dorvozlarning harakati hayratingizni oshirsa, polvonlarning kurash tushiayotgani esa zavqingizni toshiradi. Milliy etnografik-folklor jamoalarining chiqishlari, sho‘x navolari, aytishuvlari esa sizni ham beixtiyor raqsga chorlaydi.


Qalbingizni bayram kayfiyati chulg‘ab oladi. Milliylikka qaytganday bo‘lasiz. Jarqo‘rg‘on tumanida Navro‘z shodiyonalari ana shunday shukuhda davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi...

Tizim o‘rganildi

Aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlashda dori-darmon vositalarining barqaror...

Termizda Yapon bog‘i barpo etiladi

Prezidentning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida...

Jasorat va mardlik timsoli Sizlar!

Jamiyatning barqarorligi, osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlashda ayollarning o‘rni beqiyos....
KunTun
KunTun