Mahorat bilan…

Date:

Termiz davlat universitetida mohir qo‘llar — yosh hunarmandlar talaygina. Ularning ijodiy ishlari alohida bir asar. Bir-biridan nafis gullar, taqinchoqlar, kashta-yu applikatsiyalar, suratlar jam bo‘lgan “Mohir qo‘llar” yarmarkasining tashkil etilishi ijodkor yoshlar uchun munosib rag‘bat bo‘ldi. Ular bu yarmarkada o‘z ijodiy ishlarini namoyish etish bilan birga yangicha shijoat va o‘ziga xos uslubini kashf etish uchun turtki ham olishdi. Qo‘l mehnatiga asoslanganligi bois barchada qiziqish uyg‘otgan yarmarka universitetning Tabiiy fanlar fakultetida muntazam tarzda o‘tkaziladi. Yarmarkalardan ko‘zlangan maqsad mahsulotlar savdosi emas, yoshlarning fikr almashishlari, yangi biznes g‘oyalar hamda o‘z ijodiy potensialini namoyish etishdan iborat. Fakultet dekani A.Xurramov hamda professor-oʻqituvchilarning bu ezgu ishda bosh-qosh bo‘layotganligi esa quvonarli.

Feruza Muqumova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun