SURXONDARYO DELEGATSIYASI TATARISTONDA

Date:

Yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishi, bandligini ta’minlash muhim masalalardan sanaladi. Bu yo‘lda qator islohotlar, ayniqsa, xorij tajribasi asosida ko‘plab loyihalar amalga oshirilayotganini ko‘rib, kuzatib turibmiz. Ayni maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Yelabuga shahridagi “Alabuga” sanoat ishlab chiqarish tipidagi maxsus iqtisodiy zonasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev boshchiligidagi ta’lim va yoshlar delegatsiyasi ayni vaqtda Tataristonda bo‘lib turibdi.
Delagatsiya a’zolari “Alabuga” erkin iqtisodiy zonasi hamda “Alabuga Politex” o‘quv markazining ta’lim dasturlari va imkoniyatlari bilan tanishish maqsadida manzildagi yoshlar markazida bo‘lishdi. O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida yoshlarga ta’lim berish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun