Cheksiz ijod ummonida yashagan shoir

Date:

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi tashabbusi bilan Boysun tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.


— “Cheksiz ijod ummonida yashagan shoir” mavzusida o‘tgan tadbirda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020–2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida alohida qayd etilganidek, maʼnaviyatni ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosi negizida yuksaltirish va jahon miqyosida tanitish, eʼtirof etilgan umuminsoniy qadriyatlar negizida tarbiyalash va uni boyitish partiyamizning ustuvor g‘oyasidir”, — deydi, partiyaning viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Xo‘jaqulov.


Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, ajdodlarimizga mos yosh avlodni tarbiyalash, ularga Navoiy kabi buyuk shaxsni tanitish va chuqur anglatish orqali vatanga muhabbati va sadoqatini oshirish, ularni fidoyi insonlar etib voyaga yetkazishdir. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar shoirning hayoti va ijodiy faoliyatiga murojaat qilishdi. G‘azal va ruboiylaridan o‘qishdi. Hikmatli, pur-ma’no fikrlaridan iqtiboslar keltirishdi. Navoiy g‘azali asosida yangragan kuy-qo‘shiqlarga ulangan raqslar barchaning so‘ngsiz olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida, faol ishtirokchilarga mas’ullarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun