Navoiyni yod etib shu dam

Date:

Bugun viloyat Bolalar kutubxonasida Alisher Navoiy bobomizning tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Buyuk Navoiyga ehtirom” nomli kecha o‘tkazildi. Tadbir davomida Alisher Novoiyning xalqimiz ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’ni sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkori ekanligi yana bir bor o‘quvchilar tamonidan qayta ochib berildi.


Tadbirda biloyat Musiqali drama teatri aktyorlari va “Hurayda” jurnali bosh muharriri ishtirok etdi. Termiz shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan chiqishlar tomoshabinlar hukmiga havola etildi. Tadbir ishtirokchilar tomonidan ulug‘ bobokalonimiz yaratgan necha minglab shoh g‘azallarning, dostonlarning asl ma’no-mohiyati, shaxs kamolotidagi o‘rni haqidagi sher’u g‘azallar, sahnaviy tomoshalar, bahr-u baytlar bilan yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Navoiy tavalludi bahona barchamiz yana bir bor moziyga nazar tashladik. Navoiyni qayta angladik-tanidik. Betakror g‘azallari asosida yaratilgan mumtoz qo‘shiqlar va raqslar namoyishi har birimizda ko‘tarinki kayfiyat ulashgan bo‘lsa, faol ishtirok etgan o‘quvchilar tadbir so‘nggida faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Aziza Ochilova,
viloyat Bolalar kutubxonasi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun