Mutlaq g‘alaba bilan…

Date:

Odamlaru odamlar, eshitmadim demanglar, uzunlik yosh bokschi Husan Tilovqobilov xalqaro chempionatda g‘olib bo‘lib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va o‘zbek o‘g‘loni qanday bo‘lishini butun dunyoga namoyish etdi. Ushbu xalqaro chempionat Hindistonda bo‘lib o‘tdi va bokschilar fransuz boksining 3-yo‘nalishi bo‘yicha kuch sinashdilar.
O‘z yurtining nomdor, taniqli, kuchli sportchilari hind diyorida jam bo‘lib, o‘zlarining afsonaviy jangini namoyon etdilar. Musobaqaga borganlar jangni maroq bilan kuzatgan bo‘lsa, ko‘rmaganlar armonda qoldi. Bokschilar ichida zo‘rlar zo‘ri, kuchlilar kuchlisi sifatida Uzun tumanidagi 4-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Husan Tilovqobilovning ishtiroki barchaning e’tiborini tortdi. Yakunda bo‘lgan mutlaq g‘alaba, surxon yigitiga yulduzli onlarni taqdim etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun