Ai-80ni Ai-95 narxida “urgan”lar bor

Date:

Sut puli sutga, suv puli suvga, qoldi qatiqning besh puli deganlaridek, ming g‘irrom qilgan bilan, qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqaveradi. Chunki bugun qonunchilik ham mutasaddilar ham aholiga qulaylik yaratish, og‘irini yengil, mushkulini oson qilish tomonida. Qing‘irlikka yo‘l berilmaydi ham. Zapravkalarda sifatsiz benzin sotayotganlarga ham ushbu gap taalluqli, albatta. Surxondaryodagi ayrim AYQSHlarda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ayrim zapravkalarda Ai-80 markali benzini Ai-95 markasida ko‘rsatilib, qimmat narxlarda sotilayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda viloyat hokimining tegishli ko‘rsatmasi bilan mazkur holatlarga chek qo‘yish va ularning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimligi benzin xarid qilishda iste’molchilarni e’tiborli bo‘lishga chaqirib, yuqoridagi kabi holatlarga uchraganda huquqni muhofaza qiluvchi yoki soliq organlariga murojaat qilishni so‘radi.

Adolat Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun