Tartibsizlikning oldini olish maqsadida

Date:

Ro‘zg‘or tebratish, bir-ikki so‘z jamg‘arish maqsadida mehnat qilib, ter to‘kamiz. U yoki bu ish bilan mashg‘ul bo‘lamiz. Qo‘limizda kasb-hunarimiz bo‘lsa, ha yaxshi, aks holda udda qilishimiz mumkin bo‘lgan ishni boshidan tutishimiz aniq. Uzun tuman markazida odamlar gavjum emasmi, tadbirkorlar va olib-sotarlar u yerdagi piyodalar o‘tish yoʻlakchasini biznes maydoniga aylantirib olishgan. Savdogarlarning bunday noqonuniy xatti-harakati esa ko‘chada tartibsiz holatni keltirib chiqarayotgani ham bor gap.
Mana shunday holatni bartaraf etish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirig‘iga asosan Uzun tumani hokimi X.Bozorov boshchiligidagi ishchi guruh noqonuniy maydonlarda faoliyat yuritayotgan yoymachilar hamda ovqatlanish shahobchalarining tozalik holatini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, ishchi guruh tadbirkorlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan joylar, noqonuniy qurilishlar va antisanitariya holatidagi ovqatlanish shahobchalari egalari bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, ogohlantirish xatlari berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun