QQS summasi qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

Date:

Mobil ilovalardan foydalanganingiz uchun sarflagan mablag‘ingizga qanchadir miqdordagi keshbek ajratilishi, albatta, ko‘pchilikning e’tiborini tortmay, qiziqtirmay qolmaydi. Farzandingizga 500 ming so‘m o‘tkazib, evaziga 5-10 ming so‘mlik keshbek olsangiz, yomonmi? Mana shunday imtiyozlar boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘llanilsa bormi, aholi uchun katta qulayliklar yaratishi aniq. Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan fuqarolar QQS to‘lovchisi bo‘lgan tadbirkorlardan un, shakar, dori vositalarini sotib olganida va ularning tibbiy xizmatlaridan foydalanganida 12 foiz keshbek qaytarilishi esa ana shunday yangiliklardan biri. Bungacha ushbu ro‘yxat mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik moyidan iborat edi.
Prezident qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga un, shaker, dori vositalari va tibbiy xizmatlar ham kiritildi.
Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun