Yoshlarning ko‘makchisiga aylanib ulgurdi

Date:

Muzrabot tumanidagi “Yurtim jamoli” mahallasida 942 nafar 14-30 yoshdagi yoshlar mavjud bo‘lib, ularning shart-sharoiti, qiziqishlari bilan mahallaning yoshlar yetakchisi Uchqun Nazarov qiziqib keladi. Yetakchi faoliyatini boshlaganiga 2 yil bo‘lishiga qaramay, bu muddat ichida 121 nafar ishsiz yoshning 20 nafariga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun 0,20 sotixdan yer, 6 nafar yoshga subsidiya, 3 nafar yoshga davolanish xarajatlari, 4 nafariga haydovchilik guvohnomasi, 4 nafar yoshga esa harbiy xizmat shartnoma xarajatlari qoplab berildi. Shuningdek, bir martalik moddiy yordam, zamonaviy kasblarga, mavsumiy ishlar va boshqa yoʻnalishlarda yoshlarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashdi. Bundan tashqari “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 643 nafar yoshni roʻyxatdan oʻtkazib, ular orasidan zamonaviy va milliy cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishida 2 ta 2-oʻrinni hamda stol tennisi, mini futbol, voleybol yoʻnalishlarida tuman bosqichida sovrinli oʻrinlarni egallashdi. Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli toʻgarak va sport oʻyinlari, zakovat musobaqalari oʻtkazishda faol bo‘ldi.
Yetakchining sa’y-harakati bilan o‘tgan yilning o‘zida 18 nafar ishsiz doimiy ishlarga va tadbirkorlik yoʻnalishlarida bandligi taʼminlangan bo‘lsa, 42 nafar bitiruvchining 20 nafari oliy ta’limga oʻqishga qabul qilindi. 9 nafari oʻquv kurslariga jalb qilindi, 10 nafari turli yoʻnalishlarda ishga joylashtirildi. “Yoshlar daftari” orqali 22 nafar yoshga turli yoʻnalishlarda: 4 ta subsidiya, 6 ta tadbirkorlik, 3 ta kontrakt toʻlovlari, 1 ta doimiy ishga, mavsumiy ishga 6 nafar, 1 ta davolanish, 1 ta kelajak kasblariga oʻqitishda ko‘maklashdi.
Jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha tungi reydlar tashkil etib, maktablarda “davomat va tig‘” tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Yil davomida yoshlar oʻrtasida birorta jinoyat sodir etilmadi. Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida: madaniy, sport, zakovat, kitobxonlik tadbirlarini muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Shuningdek, mahalladagi 230 dan ortiq yosh “Ibrat akademiyasi” ilovasi orqali bepul til oʻrganishishida ham Uchqun Nazarov mahalladagi yoshlaning chinakam ko‘makchisiga aylanib ulgurdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun