ID kartasi rasmiylashtirib berildi

Date:

Yo‘lga chiqishdan avval hujjatlarimiz o‘zimiz bilan ekanligiga ishonch hosil qilamiz, har qalay kerak bo‘lib qolishi mumkin. Kim ekanligimizni tasdiqlovchi hujjatsiz bizning kimligimizni, shaxsimizni tasdiqlab bo‘lmaydi. Ammo, oramizda ana shunday hujjatsiz yashaydiganlar ham yo‘q emas. Holbuki, o‘zga yurtdan ko‘chib kelib, muqim yashab qolganlarning yurtimiz fuqaroligini olishlari qiyin masala edi. Ularning sarson-sargardonchiligini, o‘qishu ishga joylashishda duch keladigan to‘siqlarni endi bir tasavvur qilingchi?
Inson qadri ulug‘lanib, ularning manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilayotgan bir paytda mana shunday muammo va holatlarga chek qo‘yilgani fuqarolarni quvontiradigan holatdir. Qiziriq tumanida 8 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqorosi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgani esa gikrimiz tasdig‘idir. Shu o‘rinda aytish joizki, “O‘zbekiston Respublikasining Fuqoroligi to‘g‘risida”gi Qonunga 2020-yil 18-fevralda kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga asosan tumanda 8 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini bildiruvchi ID kartasi rasmiylashtirib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaat muddati —huquq kafolati

Fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini sud orqali himoya qilishi...

Taraqqiyot poydevori

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan buyon o‘tgan 35 yil davomida barcha...

EKRAN ORTIDAGI XAVF: QANDAY ALDANAMIZ?

Raqamli texnologiyalar hayotimizni yengillashtirdi. Bir necha daqiqada pul o‘tkazish,...

Seuldan Surxondaryoga: tajriba, taassurotva yangi g‘oyalar

Ta’limda yangilikka intilish, zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirish bugungi...
KunTun
KunTun