Ustuvor vazifalar belgilandi

Date:

Kirib kelgan yangi yil barcha soha va tizimlar qatori ta’limda ham yangi va dadil qadamlar tashlashni talab etadi. Bu esa o‘qituvchi-pedagoglar zimmasiga yanada mas’uliyat yuklaydi. Eng muhimi, amalga oshirilajak ishlarni reja qilib, harakatni boshlamoq lozim. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari uchun boshqarma boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda dastlab 2024-yil viloyat ta’limida ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritildi.


Ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash holati, topshiriqlarning o‘z vaqtida sifatli qilib bajarilishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qishki ta’tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazish uchun turli to‘garaklar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Qolaversa, “Surxondaryo tajribasi” sifatida ta’lim muassasalarida faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan “Ma’naviyat sektorlari” faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun