Jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

Date:

Hayot kutilmagan sinov va voqealarga to‘la. Shunchaki, uni sodir bo‘lishi va qanday kutib olishimizga bog‘liq. Uzunlik Muhabbat Muqimova ham kutilmaganda yiqilib tushdi-yu, oyog‘ini sindirib oldi. Ma’lum muddatda sog‘ayib ketsa-ku odamda umid chirog‘i lipillab turadi. Ammo, qayta yura olmaysiz, endi oyoqqa tik tura olmaysiz deyishsa, bu yaxshigina zarba bo‘lishi aniq. To‘g‘ri, opa yurib ketishi mumkin edi, faqatgina yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotidan so‘ng… buning uchun mablag‘, malakali mutaxassislarning xizmati darkor. Albatta, ushbu amaliyot tekinga bo‘lmasligi ham aniq. Ana shunday sharoitda Uzun tuman hokimligi va Surxondaryo viloyat sogʻlikni saqlash boshqarmasi opaning joniga ora kirishdi.
Ayni ularning ko‘magi bilan Muhabbat Muqimovaning chap oyogʻi son qismida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti oʻtkazilib, endoprotez qoʻyildi. O‘tgan yil opa hayotida ana shunday sinovli va kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, yangi yilda yangitdan tug‘ilganday bo‘ldi. Aytish kerakki, Muhabbat opaning hozirda ahvoli qoniqarli, oʻz uyida profilaktik va jismoniy davolanish kurslarini o‘tayabdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir TerDPIda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz davlat...

Polimer quvurlar o’zimizda ishlab chiqariladi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida...

Inson resurslari rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali hamda...

Oldindan prognoz qilinadi

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy...
KunTun
KunTun