Jahon chempioni taqdirlandi

Date:

Sirdaryo viloyatida sportning kurash turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. Unda “Belbogʻli kurash”, “Bel olish kurashi” hamda “Uch kurash”da polvonlar maydonga tushib, mardi maydon bo‘lib, sariosiyolik o‘g‘lon Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati batalyoni patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi Bahodir Hamdamov barcha raqiblarini yengib, champion bo‘lgan edi.
Polvon vohamizga qaytib, Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan munosib kutib olindi. Uchrashuvda sportchi erishgan yutuqlar e’tirof etilib, tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun