Viloyatda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlarning amalga oshirilishi

Date:

Bir necha yilki, mahallalarda hokim yordamchilari faoliyat yuritmoqda. Ular aholi farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikdan chiqarish, hududlarda kichik biznesni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishayotir. Har bir mahallaning o‘sish nuqtalarini aniqlab, hududning an’analari va turmush tarzidan kelib chiqqan holda ish yuritayotgan lavozim egalari reja asosida tashabbus ko‘rsatib, maqsadga yetmoqda. O‘tgan davrda hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida aholining ishsiz qatlami imtiyozli kredit va subsidiyalar olishga erishdi.  Shu bilan birga  kasb-hunar o‘rganib, tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi.

Hokim yordamchilarining o‘tib borayotgan ishlarini sarhisob qiladigan bo‘lsak, ular tomonidan tomonidan 2022-yilda olib borilgan xatlov natijalarini mustahkamlash hamda amalga oshirilgan ishlar natijasida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda 509 ming (100 %) xonadon xatlovdan o‘tkazildi va va 3 ta toifaga ajratib olindi. Shundan so‘ng amaliy harakatlar boshlab yuborildi va ayni hokim yordamchilarining yordami bilan 264,4 ming  nafar fuqaroning daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi. Jumladan, 123,0 ming nafari doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga, 108,3 ming nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilish orqali, 10,7 ming nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoa ishlariga jalb etildi. 4 ming nafar fuqaro esa YATT tashkil etish hisobiga, 3,5 ming nafari hunarmandchilik (shogirdlar), 14,9 ming nafarining ijara asosida yer ajratish hisobiga bandligi ta’minlandi.

Xonadonbay o‘rganish natijasida “Onlayn mahalla” platformasiga 55 818 nafar aholi tomonidan 1 524,0 milliard so‘mlik kredit olish bilan bog‘liq arizalar kelib tushgan.  Ushbu arizalarning 39 ming 582 tasiga ijobiy tavsiyanomalar berilgan va 33 ming 954 ta xonadonga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 747,1 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob-uskunalari olib berish bo‘yicha 4 643  ta fuqaroga 17 milliard so‘mlik subsidiyalar ajratildi.

Surxondaryo viloyati aholisi asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanishini hisobga olsak, aholi bandligini ta’minlashda ekin-tikin ishlariga fuqarolarni jalb etish eng to‘g‘ri qaror bo‘lib xizmat qiladi. Shu maqsadda viloyatda 8 476 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlari 16 000 ta lotlarga bo‘linib, “E-AUKSION” savdo platformasi orqali ochiq elektron tanlovga qo‘yildi. Auksion natijasiga ko‘ra 8068 gektar yer maydonlari 14 887 nafar (shundan Daftarda turganlar 7 ming 239 nafar fuqaroga ( 3 539,9 gektar) fuqaroga ajratib berildi. Buning natijasida 15 minga yaqin fuqaroning bandligi ta’minlandi. Hokim yordamchilari faqat bu bilan kifoyalanmay, ishsiz, ammo kasb-hunar o‘rganishga qiziqishi baland, layoqati bor fuqarolarning 12 ming 236 nafari kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qishga yo‘naltirilib, “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qitildi. Shuningdek, mahallalarda 5 ta mikromarkazlar ishga tushirilib, 1 241 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar bayonining 2-bandida tadbirkorlik rivojlanmagan 43 ta mahallalarda mikromarkazlar tashkil qilish hamda ushbu mikromarkazdagi loyihalarlarga yana 80 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi 43 ta mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik hamda chorvachilik yo‘nalishlarida mikromarkazlar ishga tushirildi va viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, ijobiy xulosalar berildi. 2 653 ta yuridik va 3 959 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Hokim yordamchilari tomonidan umumiy qiymati 793 milliard so‘mlik 3,7 mingdan ortiq kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi mikroloyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu loyihalar bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan loyiha tashabbuskorlariga yil davomida amaliy yordamlar ko‘rsatish natijada 9 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratilishi ko‘zda tutilgan edi. O‘tgan 10 oy davomida ana shu mikroloyihalardan 1 936 tasi ishga tushirilib, 5,2 mingta ish o‘rni yaratildi.  

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish maqsadida 3,1 ming kilometr ariqlar tozalandi, 710 dona sug‘orish quduqlar  o‘rnatildi, 36 ming oila tomoqasini sug‘orish uchun suv bilan ta’minlandi, 4 ming kilometr yo‘llar shag‘allashtirildi. Bugun mahalla tizimida juda katta yangiliklar amalga oshirilmoqdaki, hududlarda yettilikka alohida urg‘u berilyapti, ularning vakolati oshirilib, oylik maoshlari ham oshirilayotir. Ish esa shunga yarasha talab etilishi lozim aslida.

O‘zbekiston – 2030 strategiyasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlarning amalga oshirilishida hokim yordamchilarining xizmati, sa’y-harakatlari katta bo‘lmoqda. Lavozim egalari mahallalarni jadal rivojlantirib, shu yerning o‘zidan chiqmagan holda aholi muammolarini hal etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun barcha choralarni safarbar etishmoqda. Inson qadri yuksalib, aholi hayotidan va ishidan, yashab turgan go‘shasidan mamnunlik kayfiyati ustuvor bo‘ladi. Bunda hokim yordamchilari drayver bo‘la olishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda, ular o‘z zimmasidagi vazifani bajarib, aholi hayotini farovonlashtirishga, turmushini yaxshilashga xizmat qilishayotir.

Y.Nurmanov,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekoaksiya o‘tkazildi

Bir kishining qilgan ishlari ko‘plarga ibrat bo‘la oladi. Shunday...

Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda “Maktabgacha va...

E’tibor va e’zoz

Mahalla "yettiligi" tomonidan "Xonadonbay" o‘rganish natijasida fuqarolarning ehtiyojidan kelib...

Inson qadri ulug‘langan yurt o‘zgarishlar ostonasida

Oddiygina elektr pechingiz bo‘lsa, non, pishiriqlar pishirib, dasturxoningizni bezaysiz,...
KunTun
KunTun