“Ilk qadam” didaktik jurnali targ‘ibotiga bag‘ishlandi

Date:

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida “Ilk qadam” davlat dasturi doirasida nashr etilayotgan “Ilk qadam” jurnalining 2024-yilda chop etilishi rejalashtirilgan yangicha qiyofasi haqida viloyatdagi faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, metodistlariga ma’lumot berish maqsadida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.


Targ‘ibot uchrashuvida Agentlik axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva, “Ilk qadam” jurnali bosh muharriri Jamoliddin Uzakov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov va tizim xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda mazkur media loyiha 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi, tarbiya va psixologiyasiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi ta’kidlandi. Shuningdek, ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun