“Men sevgan kitob”

Date:

Kitob o‘qishni faqat maktab o‘quvchilar, yoshlar auditoriyasi orasida targ‘ib qilish kerak deguvchilar adashishadi. Yoshidan, qaysi kasbu korni egallashidan qat’iy nazar har birimiz kitob o‘qishimiz, o‘z ma’naviy olamimizni kengaytirib bormog‘imiz shart va zarur. Ayni jihatlarni inobatga olgan viloyat soliq boshqarmasi o‘zlari misolida o‘rnak va namuna ko‘rsatdilar. Termiz shahridagi Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida boshqarma xodimlari ishtirokida “Men sevgan kitob” shiori ostida kutubxona bo‘ylab sayohat tashkil qilindi.
Sayohat doirasida tashkilot xodimlari o‘zlarining sevimli kitoblarini mutolaa qilishdi. Ular bu bilan kifoyalanmay, “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida insholar tanlovida ijodga sho‘ng‘ishdi. Bu orqali ularning huquqiy bilimlari bilan birga dunyoqarashi, fikrlashi nechog‘lik keng ekani yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qishki rejimga o‘tiladi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayraobod...

Ramziy qahramonlarini taqdim etildi

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati oldidan FIFA musobaqaning ramziy...

“Millat fidoyilari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Termiz shahrida joylashgan N-sonli harbiy qismda “Millat fidoyilari” nomli...

Oshkor etsa, javobgarlik bor

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi....
KunTun
KunTun