Hakam qarorlari stadion bo‘ylab e’lon qilinadi

Date:

O‘zbekiston futbolida shaffoflik va adolatni yanada oshirish maqsadida yangi tajriba joriy etilmoqda. O‘zbekiston kubogi yarim finalida bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” – “Dinamo” uchrashuvida ilk bor bosh hakam VAR tekshiruvini yakunlagach, qabul qilgan qarorini butun stadion bo‘ylab ovozli tarzda e’lon qiladi.

Mazkur amaliyot 2023-yildan boshlab FIFA tomonidan xalqaro musobaqalarda joriy etilgan bo‘lib, muxlislarga hakam qarorlarini yanada tushunarli, ochiq va aniq shaklda yetkazish imkonini beradi. Dunyodagi ko‘plab yirik futbol arenalarida sinovdan o‘tgan bu tajriba futbol o‘yinlarida ishonchni mustahkamlash va o‘yin intizomini ta’minlashda samarali vosita sifatida e’tirof etilgan.

Endilikda ushbu tizim O‘zbekistonda ham ilk marotaba test rejimida qo‘llanmoqda. Bu yangilik stadionga tashrif buyurgan minglab muxlislar, shuningdek, televideniye orqali o‘yinni kuzatayotgan tomoshabinlar uchun hakam qarorlarini to‘liq tushunishga yordam beradi. Mutaxassislarning fikricha, yangi tartib futbolchilarning maydondagi hissiyotlarini boshqarish, ortiqcha bahs va e’tirozlarni kamaytirish, eng muhimi, futbol o‘yinlarida shaffoflik va adolat tamoyillarini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi. Shu tariqa, O‘zbekiston futbolida zamonaviy xalqaro tajribalarning joriy etilishi sportimizning yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun