TerDU va Rissho oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Date:

Yaponlarning ta’lim tizimida o‘ziga xos usul va yondashuv bor. Buni yoshlar intellektining yuqoriligi, kadrlar salohiyatidan ham bilsa bo‘ladi. Tizimdagi qat’iylik, qattiqqo‘llik yoshlar kelajagia nechog‘lik jiddiy qarashlarining isbotidir. Albatta, xalqimizning bu borada yaponlardan o‘rganadigan jihatlari talaygina. Ayni vaqtda Yaponiyada boʻlib turgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya yuqoridagi jihatlarni hisobga olgan holda Rissho universiteti prezidenti Eichi Terao bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda oliy taʼlim tizimida oʻzaro hamkorlikni, shu jumladan talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, yaponiyalik oʻqituvchilarni jalb qilgan holda Surxondaryolik talabalarga yapon tilini oʻrgatishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Kelgusi yil aprel oyida Termiz davlat universitetining 70 yilligi munosabati bilan ikkala universitet delegatsiyalari oʻrtasida ilmiy anjuman oʻtkazishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun