Avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

Date:

Rivojlangan davlatlarni qo‘ya turaylik, respublikamizning poytaxtida ham avtobuslarda yurish uchun oylik chipta va jetonlardan foydalaniladi. Bu ortiqcha kirim-chiqim, qaytim qaytarishga ketadigan vaqtni tejaydi. Ko‘pchilik yo‘lovchilar, qulaylik istab, yo‘l kirani to‘lashda, umuman yo‘lovchilar, transport vositalarining nazoratini yo‘lga qo‘yishda qandaydir tizim yo‘lga qo‘yilishini istashlari ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlar ketma-ketligidan ham ma’lum. Keng jamoatchilikning taklif hamda munosabatlari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Surxondaryo viloyatida 2024-yildan shaharlarda avtobus yoʻnalishlarining yangi tarmogʻi joriy etiladi hamda avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.
Jumladan, Transport boshqarmasi huzurida “Surxondaryo yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi tashkil etilgan boʻlib, ushbu muassasada 2024-yilda avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati ish boshlaydi. Hozirda avtomatlashtirilgan dispetcherlik markazi uchun 31 ta shtat birliklarini ajratish, yangi oʻrinlarini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun