Yiroqdagi suv bilan chanqoq qonmas

Date:

Hayotimizni suvsiz tasavvur qila olmaymiz. Har kuni suvdan foydalanamiz, suvsiz chanqoq qonmaydi, ovqat pishmaydi, tiriklik esa yo‘qlikka, halokatga mahkum. Suv – hayot manbai. Uning boshqa muqobili yo‘q. shunday ekan, suvdan foydalanishda tejamkor bo‘lish, uni isrof qilmaslik insoniy burchimizdir. Bunday madaniyatni bolalikdan shakllantirish, yoshlarni suvga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish juda muhim.
Yer — xazina, suv — gavhar, deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz. Yer ham, suv ham odamlarni oziq-ovqat mahsulotlari, noz-ne’matlar bilan ta’minlaydi, salomatlikni asraydi. Shu bois ham azal-azaldan xalqimizda suv manbalaridan oqilona foydalanishga va uni asrashga jiddiy e’tibor qaratishgan. Suvdan samarali foydalanish va taqsimlashning barqaror amaliyotlarini ishlab chiqish barcha mamlakatlarning kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun juda muhimdir. Ayniqsa, murakkab iqlim sharoitida joylashgan O‘zbekiston uchun suvni tejab ishlatish masalasi doimo dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan qabul qilingan “Strategiya—2030”ning alohida, uchinchi yo‘nalishi — Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq ekanligi ham bejiz emas.
Suvni tejab ishlatish vaqti keldi. Muhtaram yurtboshimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida ichimlik suvi loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Mazkur bosqichda To‘palang suv omboridan suv tortish orqali aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasining birinchi bosqichi Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlariga yetib bordi. Viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi foizga yetdi.
Loyihaning ikkinchi bosqichida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 90 foizga yetadi. Bundan Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrobod, Termiz tumani va Termiz shahridagi 2 millionga yaqin aholi toza ichimlik suvdan bahramand bo‘ladi. Loyihani 2024-yilda nihoyasiga yetkazish mo‘ljallangan.
Toza ichimlik suvidan foydalanish insonning asosiy huquqlaridan biridir. Suv resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kelajak avlodlar uchun barqaror rivojlanishning kalitidir. Biroq, hozirgi vaqtda ko‘plarning suvni tejash o‘rniga befarq munosabatiga guvoh bo‘lamiz. Xalqimiz “Yiroqdagi suv bilan chanqoq qonmas” deb bejizga aytmagan. Suvni borida qadriga yetaylik. Qanchalik tejab, isrof qilmasdan ishlatsak, kelajak avlodning suvga bo‘lgan ehtiyojini qoplashda o‘z hissamizni qoshgan bo‘lamiz.

Rayhon Mengziyayeva,
Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

AI–80 cheklanadi

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib,...

Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va...

Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va...

Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va...
KunTun
KunTun