QOPlar UTT va EKG apparatlari bilan ta’minlandi

Date:

Ko‘p hollarda biror joyimiz og‘rib qolsa, shifokor ko‘rigiga borgach, shikoyatimiz va hol-ahvolimizga qarab shifokor mulolajaa uchun dori-darmon ro‘yxatini yozib beradi. Aslida esa tahlillar topshirish, apparatlar tekshiruvidan o‘tgachgina, ularning tashxisiga qarab, davo choralari ko‘rilmog‘i lozim. Ana shundagina tuzalish oson kechadi.
Tibbiyot sohasini rivojlantirish maqsadida yurtimizda o‘tgan yildan boshlab, har bir mahallada “xonadonbay” ishlaydigan 17 400 ta tibbiy brigada tashkil etildi. Aholiga sifatli tibbiy yordamni kengaytirish maqsadida birlamchi tizimga 20 mingta o‘rta tibbiyot xodimi uchun shtatlar ajratildi va qishloqlarda joylashgan 801 ta oilaviy poliklinika yangi zamonaviy UTT va EKG apparatlari bilan ta’minlandi.
Qishloq va mahallalarda 8 turdagi yangi tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, o‘tgan davrda sifatli tibbiy xizmatlarni “mahallagacha tushirish” bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi. Joriy yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra joylarda 1234 ta oilaviy shifokor punkti, 1074 ta oilaviy poliklinika, 1957 ta mahalla tibbiyot punkti, 209 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyat yuritmoqda.
Yil yakuniga qadar yana hududlarda 17 ta oilaviy shifokor punkti, 8 ta oilaviy poliklinika, 76 ta mahalla tibbiyot punkti ochilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida qo‘shimcha 2 million 152 ming nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iqtisodiy oʻsish taʼminlanadi

Hududlarda investitsiya loyihalarini izchil amalga oshirish iqtisodiy o‘sishni ta'minlash,...

Talabga yarasha taklif bor

Aholi, ayniqsa, yoshlarni doimiy ish bilan ta'minlash, ularning kasbiy...

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...
KunTun
KunTun