Hashar yo‘li bilan…

Date:

Janubiy vohaning shaharu qishloqlarida katta bunyodkorlik ishlari jadal suratlarda davom ettirilmoqda. Yo‘llar asfaltlangan, ko‘chalar obod ko‘rinish kasb etgan. Ariqlar tozalangan, ekin-tikin qilish mumkin bo‘lgan yerlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlari ekilib, anvoyi gullar o‘tkazilgan. Obod manzarani kuzatib turib ko‘zlar quvonadi, ko‘ngil tog‘dek ko‘tariladi.
Sariosiyo tumanidagi “Sarijar” hamda “Shoqishloq” mahallalari ahli esa ana shunday bunyodkorlik ishlarini ko‘rib, kuzatib turib, qachon dasturga kiritilib, ko‘chalarimiz chiroy ocharkin deya jim tura olishmadi. Qo‘lni-qo‘lga berib, birdamlik, hamjihatlik bilan ikki mahalla oralig‘idagi 600 metr ichki ko‘chada hashar yo‘li bilan qum-shag‘al aralashmasi yotqizib, toshlash ishlarini olib borishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun