…grant ajratiladi

Date:

Ishsizlikni tugatish yurtimizda eng birinchi masala sifatida qaraladi. Bu borada amalga oshirilgan va oshirilayotgan islohotlar esa ishsizlarni ish bilan ta’minlanishiga, ish beruvchilarga esa qo‘shimcha imtiyozlar berilishiga xizmat qilayotir. O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlariga ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaganlik uchun davlat granti ajratilishi ana shunday ishlarning biri deyish mumkin.
Ma’lum qilinishicha, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash hamda ularni kasbga o‘qitish faoliyati bilan bog‘liq bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga har 1 nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun 3 million so‘mdan oshmagan miqdorda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan navbatdagi davlat granti ajratilishini e’lon qilinadi.
Shu munosabat bilan mahallalarda markazlar faoliyati uchun navbatdagi davlat grantini olish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari 2023-yil 25-noyabrga qadar tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlariga loyiha takliflarini va hujjatlarini taqdim etishlari mumkin. Mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali taqdim etilgan loyihalar 28-noyabrgacha tuman-shahar ishchi guruhlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
30-noyabrga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga davlat granti ajratilishi so‘ralgan buyurtmanoma yuboriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shaloq zafar

Termizlik parasuzuvchi Asilbek Baykeldiyev Prezident olimpiadasi doirasidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli...

XAVFSIZLIK KO‘NIKMALARI AMALIYOTDA MUSTAHKAMLANDI

Termiz davlat universitetining 8-sonli talabalar turar joyida shahar Favqulodda...

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...
KunTun
KunTun