TerDU kimyogar olimlari Pragada

Date:

Ilm-fan rivoji uchun tajriba almashish, malaka oshirish, yangidan-yangi texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llash bugungi davrning talabidir. Ilm ahli borki, ayni jihatlarni inobatga oladi. Termiz davlat universitetining bir guruh kimyogar olimlari Praga shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Yevropa universitetlarida ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarida faol ishtirok etishdi. Shuningdek, ular Chexiya Respublikasi Fanlar akademiyasining Geyrovskiy nomidagi fizikaviy kimyo institutining ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Chexiya Respublikasidan 2 nafar olim Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ulardan biri kimyogar olim Y.Geyrovskiydir. Kimyogar olimlarimiz professor Y.Geyrovskiy tomonidan ishlab chiqilgan tarixiy polyarograf bilan tanishdilar va ushbu institut olimlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, xalqaro loyihalarda qatnashish, nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish hamda yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

Oldingi sahifaKechasi ham yorug‘ va fayzli
Keyingi sahifaUzum

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun